tantanali
bilan ulashing
1. Tantanaga ega, tantana ruhidagi, tantana bilan boʻladigan.
-
Oʻshdagi qarorgohda bu oqshom sizlarning sharafingizga tantanali ziyofat berilur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Trestdagilar ilgʻor binokorlar qatori Yodgorni ham tantanali kechaga taklif qilishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Tantana ifodalovchi.
-
Goʻyo ulugʻ bir hodisa sodir boʻlishi kutilayotgandek, yer-u koʻk tantanali qiyofa oldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
— Aha, demak, hali topganingiz yoʻq, — dedi Ismoil tantanali bir ohangda Oybek, Nur qidirib
3. Asʼasa-dabdabali, koʻtarinki ruh bilan.
-
Nikoh toʻyi favqulodda suronli va tantanali boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Saidgʻozi bu soʻzlarni ogʻzini toʻldirib, alohida rasmiy tusda gapirgani uchun tantanali jaranglardi. S. Anorboyev, Oqsoy
TANTANALI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНТАНАЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tantanali so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar