kalima
bilan ulashing
kt. ayn. Soʻz 1.
-
Sidiqjon unsur kalimasini hukumatga qarshi degan maʼnoda ishlatar, bu yerdagilar ham shu maʼnoda anglar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
kalima soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ikki kalima soʻz
-
Bular bu yerda turaversin, endi ikki kalima soʻzni Koʻktemir podshohdan eshiting. Ertaklar
-
Aʼzamning uyidan kelgan xatdagi ikki kalima soʻz esiga tushdi: Togʻangning oʻgʻli Karimjon kelasi hafta uylanyapti. Katta toʻy qilishsa kerak, sen boʻlganingda R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Kalima keltirmoq
-
Har qadamda kalima keltirib, parvardigori olamdan oʻz panohida asrashini yetti karra iltijo qildim. H. Gʻulom, Mashʼal
Tili kalimaga kelmaslik
-
Otangizning ham tillari burro edi. Lekin moddasini moddasiga toʻgʻrilab qoʻyganimda, tili kalimaga ham kelmay qolgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ikkala qirgʻoqdagi bolalar ham uning maqsadini tushungan, ammo hech kimning tili kalimaga kelmas edi. M. Hazratqulov, Jurʼat
Kalima(y)i shahodat
-
Lekin Abdullaboy mahalla imomi huzurida kalimai shahodatni ayttirib, nikoh oʻqittirib olgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
KALIMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛИМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kalima so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar