kabinet
bilan ulashing
1. Ish uchun ajratilgan maxsus xona.
-
Olimning kabineti.
-
Sattor Usmonov, yosh bolani yetaklagandek, Yoqubjonni bosh injener kabinetiga boshlab kirdi. N. Safarov, Choʻl lochini
-
Bu yil zavod kasaba uyushmasi komiteti kabineti toʻla remontdan chiqarildi. Gazetadan
2. Korxona, muassasa va shu kabilarda masʼul lavozimli rahbar oʻz vazifasini bajaradigan xona.
-
Murodjon Tojiboyevning hashamatli kabineti-yu olib yuradigan mashinasi yoʻq. Gazetadan
-
Rais stol orqasidan chiqdi, kabinet eshigi oldidagi boʻsh joyda qoʻllarini orqasiga qilib, u yoqqa-bu yoqqa yura boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. Muassasa, korxona va boshqalar ilmiy, amaliy va shu kabilar ishlarni olib borish, oʻtkazish uchun jihozlangan, moslangan va xoslangan xona.
-
Oʻquv kabineti. Rentgen kabineti.
-
Zamonaviy murakkab asbob-uskunalar, oʻquv qurollari bilan jihozlangan kabinetlar boʻlajak mutaxassislar ixtiyorida. Gazetadan.
-
Birinchi marta allergiya bilan kasallangan bemor darhol allergologik kabinetga murojaat qilishi kerak. Fan va turmush
4. Baʼzi davlatlarda ministrlar (vazirlar) hayʼati, hukumat tarkibi; hukumat.
-
Ministrlar kabineti. Kabinetni tarqatib yubormoq.
KABINET so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАБИНЕТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kabinet so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar