andaza
bilan ulashing
1. Kiyim-bosh, poyabzal va shu kabilarni bichish, tayyorlash uchun qalin qogʻoz, karton va shu kabilardan yasalgan nusxa-qolip.
-
Etik andazasi. Chelak uchun andaza yasamoq. Andaza bilan ish bichmoq.
2. Tayyor qolip, namuna.
-
Sharqning havo darvozasi biz, Yangilikning andazasi biz. Shayxzoda, Toshkentnoma
-
Yodgorlik majmuini yaratishda oʻlkamizdagi buyuk bobokalonlarimiz ziyoratgohlari andazasiga tayanish zarurligiga eʼtibor qaratildi. Gazetadan
3. Oʻlchov, meʼyor.
-
Mamlakat rahbarining farmoni milliy hayotimizni eng yuqori zamonaviy andazalarda qurishga chaqiryapti. Gazetadan
andaza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Andazasi kelishgan
Andaza olmoq
-
Quloch yozing, qizlar, mehnat mavjida, Musobaqadoshlar olsin andaza. T. Toʻla
ANDAZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АНДАЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
andaza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar