qalqi
bilan ulashing
1. Suyuqlikning betida chayqalmoq, tebranmoq.
-
Qayiq suvda qalqib turibdi.
-
Suv yuzida qamish gʻaramlar qalqib suzar edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Yuzada, biror narsa ustida lapanglamoq; u yon-bu yon chayqalmoq, silkinmoq.
-
Yerdan koʻtarilgan chang-toʻzon ogʻir-ogʻir qalqidi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Oʻrtada ustiga qora guldor joynamoz yopilgan tobut yelkama-yelka qalqib oʻtadi. T. Ashurov, Marvarid tut
-
Nazokat qora xonatlas koʻylak kiyib olgan, qizil duxoba nimchasi ostida toʻla koʻkragi qalqib turardi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Ixtiyorsiz, qandaydir taʼsir bilan biror tomonga siltanmoq.
-
Tramvay qoʻzgʻalganda, bir moʻysafid qalqib ketib, ikki yigitga tegib ketdi. Mushtum
-
Malohat yurak oldirib qoʻygani uchunmi yoki choʻchidimi, oʻtirgan stulida bir qalqib ketdi. I. Rahim, Tinimsiz shahar
4. koʻchma Notinch holatda, harakatda boʻlmoq.
-
Zamona qalqib turibdi, bek tugul amirning oʻzi ham qutquda emish. A. Muxtor, Chinor
-
Ikki oʻrtada soʻz qochib, vaziyat qalqib turganda, yoshgina yigit soʻz soʻradi S. Mahkamov, Gina
5. Biror narsa ostidan, ortidan, tubidan sirtga (yuqoriga) chiqmoq.
-
Ular, basharti, birontasi suv yuziga qalqib chiqib qolsa, yana oʻq otishardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Daraxtlar ortidan oy qalqib, sekin suzib koʻtarila boshladi. Oybek, Nur qidirib
-
Mamajonning oʻpkasi toʻlib, koʻziga yosh qalqidi. S. Nurov, Narvon.
6. Oʻtirgan, yotgan oʻrnidan turmoq, qoʻpmoq.
-
Oppoq dala, qir, Oy nuri balqir, Tong otar-otmas Bitta qiz qalqir. M. Alaviya.
-
Xon oʻrnidan qalqib turib, hech kimga qaramay, hech narsa demay, oʻqday otilib, ichkariga kirib ketdi. J. Sharipov, Xorazm
7. Paydo boʻlmoq, chiqmoq, toshmoq.
-
Uning badaniga allaqanday qora dogʻlar qalqigan, isitmasi chiqib yotibdi. A. Muxtor, Tugʻilish
8. koʻchma Namoyon boʻlmoq, aks etmoq.
-
Oyna opa chehrasidagi jiddiylik yoʻqolmagan boʻlsa-da, lablarining bir chetida tabassum qildi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
-
Chehrasiga qalqib chiqqan alamli ifodani yashirishga urinib, burilib qaradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
9. koʻchma Ikkilik boʻlib, na u yoqli, na bu yoqli boʻlmay turmoq; ikkilanmoq.
-
Mingboshining bu tilyogʻlamaligi majlisning qalqib turgan qismini ham uning tomoniga burib yubordi. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi.
10. aynan Oʻqchimoq.
-
Qandolat buvi choy hoʻplab turib, piq etib kulib yuborgan edi, qalqib ketdi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Tomogʻimdan osh oʻtmay, qalqib ketdim. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
qalqi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oyoqqa qalqimoq
-
Yuzboshilar ham oyoqqa qalqib, qoʻl qovushtirishdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Hamma oyoqqa qalqib, salomlashdi. Shuhrat, Shinelli yillar
Yuragi qalqimoq
-
Yodgorning yuragi qalqib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
QALQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qalqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar