qalpoq
bilan ulashing
1. Yupqa namatdan qilingan bosh kiyimi.
-
Baxmal jiyakli oq qalpoq.
-
U egniga brezent chakmon, boshiga oq na-mat qalpoq kiygan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Har qanday toʻqima yoki matodan tikilgan bosh kiyim.
-
Bolalar qalpogʻi. Poxol qalpoq.
-
Oshpaz oq qalpogʻini peshonasidan yuqori koʻtardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Tamanno ertasiga magazindan shalvar, oftobdan yaxshi saqlaydigan oq qalpoq sotib oldi. Mirmuhsin, Qumri va Tamanno
-
Darvoza oldida boshiga uchli qalpoq kiygan davangirday qalandar turardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. so‘zlashuv tili Kaska.
-
Mis qalpoq. Poʻlat qalpoq.
-
Asqar polvon hansirab va boshidan kaskasini olib, yerga toʻntardi: manglayni ezib yubordi bu choʻyan qalpoq! Oybek, Quyosh qoraymas
4. sheva Doʻppi, kallapoʻsh.
5. Narsalar ustini qoplab, berkitib turadigan soyabon yoki qopqoq.
-
Shipga osigʻliq qirqinchi chiroqning qalpogʻi uy devorlarining tepa yogʻiga choʻziq soya solgan. H. Gʻulom, Mashʼal
6. Biror narsaning qalpoqli qismi, kallagi; kallak.
-
Mix qalpogʻi. Zamburugʻ qalpogʻi.
qalpoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qalpoq qilib kiymoq
-
— Ishni qalpoq qilib kiyib qoʻyamiz, — deya javob qaytardik. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Oʻrtoq Soliboyev koʻzboʻyamachilikni qalpoq qilib kiyib yurgan kunlardan birida miting boʻlib qoldi. Mushtum
QALPOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛПОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qalpoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar