qalqon
bilan ulashing
1. Jangchining tanasini qilich, nayza va shu kabilar tigʻli qurollar zarbidan himoya qiluvchi, turli materiallardan yasalgan moslama.
-
Badia siri fosh boʻlib — qilichi sinib, qalqoni teshilgan sarbozolarday, lol boʻlib qoldi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hammadan oldinda boshdan-oyoq zirhli kiyim kiyib, qoʻlida qalqon tutgan Ahmad Tanbal kelmoqda edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Ofat, balo, koʻngilsiz hodisalar va shu kabilardan saqlovchi vosita; toʻsiq, gʻov.
-
Qum balosiga, garmsel balosiga nima qalqon — daraxt qalqon. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Nizomulmulk sizning zarbangizga qalqon qidirib, oʻzini u tomonga yaqinroq olib yuribdi. Oybek, Navoiy
3. koʻchma Himoyachi.
-
Mathasan ogʻam yonimda boʻlsa, koʻchada qoʻrqmay yuraman. Bu mening qalqonim-da. S. Siyoyev, Yorugʻlik
qalqon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻkragini (yoki koʻksini, bagʻrini, oʻzini) qalqon qilmoq
-
Ana shu yillarda Xolmat Rajabov dushmanlarga koʻkragini qalqon qilganlardan. N. Safarov, Olovli izlar
-
U koʻksini qalqon qilib, yurtini himoya qildi. Mirmuhsin, Qulamas qoya
-
Bir toʻda odamni tasirlatib oʻqqa tutishganda, bir chol, bolani orqasiga olib, oʻzini qalqon qilgan ekan-da. R. Fayziy, Hazrati inson
QALQON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛҚОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qalqon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar