qamal
bilan ulashing
1. Qamamoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbati.
-
Bir yilga qamaldi. Mollar qoʻraga qamaldi.
2. Tashqi muhit bilan aloqada boʻlmay, oʻzini maʼlum bir muhit, joyda bosim tutmoq, bosim shu holatda boʻlmoq.
-
Qarilik orqasida koʻzdan qolib, ikki-uch yildan buyon uy ichiga qamalgan qaynatasi Najmiddinboyning davlati zoʻr. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ishdan boʻshatilgan Bashirjon oʻn kuncha uyida qamalib yotdi. N. Aminov, Suvarak
3. Ichkari kirib yoki ilinib, tutilib, chiqa olmay qolmoq, tutilmoq, tushmoq.
-
U ichiga katta oq kalamush qamalgan qop-qonni yerga qoʻydi, eshikchasini ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Koʻzi tinib, miyasi ari qamalgan qovoqdek gʻoʻngʻilladi, oyogʻi qaltirab majolsizlandi. S. Ahmad, Hukm
4. Atrofi oʻralgan joyga kirib, toʻplanib qolmoq.
-
Uyga qamalgan tutun juda sekin tarqalmoqda.
-
Chor atrofdagi tunuka tomlardan chiqqan harorat hovli ichiga qamalib qolganday tuyulardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
QAMAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАМАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qamal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar