qaltis
bilan ulashing
1. Alohida ehtiyotkorlik talab qiladigan, nozik.
-
Qaltis savol.
-
[Ravshan polvon] Masala juda qaltis ekanini Jamolovdan ham yaxshiroq tushunib qoldi. O. Yoqubov, Larza
-
Yosh boʻlsa-da, dadasi singari dadil tushadi, kurashning koʻp qaltis hunarlarini otasidan oʻrganib olgan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Xavf-xatar bilan bogʻliq boʻlgan, oqibati yomon boʻlish ehtimoli bor, xatarli.
-
Qaltis qadam. Qaltis tajriba. Qaltis hazil. Qaltis hunar. Qaltis siyosat.
-
[Mayna] Bu xatarli, qaltis safardan aslo choʻchimasdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Ahmadjon aka, juda qaltis ish-da Bir chuvingiz chiqsa bormi A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Samarqandga tavakkal qilib borayotgan Bobur juda qaltis ishga bel bogʻlaganini sezardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Oʻylamay, bilmay, ixtiyorsiz qilingan; noqulay.
-
Tergovchi gapni qaltis boshlab qoʻyganidan pushaymon boʻldi. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida.
-
Qaltis yiqilib, biron joyi mayib boʻlgan kishi buning ogʻrigʻini oʻsha tobda emas, keyin bilganidek, Sidiqjon bu mojaroning butun dahshatini keyin bildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
qaltis soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qaltis yemoq
-
Oʻshanda oyogʻi qaltis yegan, lekin tabiblar uni chiqqan deb qayta-qayta shiqirlatib sola berganlaridan, bir oyogʻi kalta boʻlib qolgan. Oydin, Hikoyalar
Qaltis ketmoq
-
Siz juda qaltis ketdingiz-da. Birdan moʻtabar odamlarning yoqasiga yopishdingiz. Yo. Xayitov, M. Rahmon, Hayot-mamot
QALTIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛТИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaltis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar