qama
bilan ulashing
1. Ozodlikdan mahrum qilib, qamoqxonaga yoki boshqa biror qamoq joyga tashlamoq, qamoqqa olmoq.
-
Turmaga qamamoq. Avaxtaga qamamoq. Besh yilga (besh yil muddat bilan) qamamoq.
-
Agar hokim hech kimni, ayniqsa, Qudrat akani qamamagan boʻlsa, aholini qoʻrqitmaslik, ishdan sovitmaslik uchun qamamagan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Nima qilsin, militsiyaga borib, yo meni qamanglar, yo oqlanglar, desinmi? S. Ahmad, Hukm
2. Biror chiqolmaydigan joy, xona yoki holatga olmoq.
-
Gʻulom qori Azimboyvachchaning bolalarini hujrasiga qamab olib, xafa qilayotgan ekan M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Avazni kichkina hujraga olib kirib qamab qoʻydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Atrofi oʻralgan (odatda, doim saqlanadigan, maxsus) joyga haydab kiritmoq, haydab kiritib, bekitib qoʻymoq; tutqunlikka solmoq.
-
Qoʻylarni qoʻraga qamamoq. Tovuqlarni tovuqxonaga qamamoq.
-
Yoyishga joyi boʻlmagan xoʻjaliklargina mollarini ogʻilxonalarga qamab boqadi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Soraxon pashshani kaftiga qamab, mushtini Saidiyning qulogʻiga tutdi. A. Qahhor, Sarob
4. so‘zlashuv tili Berk joyga tiqib qoʻymoq, berk joyga tiqishtirib saqlamoq.
-
Narsalarni omborga qamamoq.
5. so‘zlashuv tili Dam bermoq, damlamoq.
-
Kameraga havo qamamoq.
QAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar