qamish
bilan ulashing
1. Boshoqdoshlarga mansub, suvda, botqoqlikda, toʻqayzorda oʻsadigan, boʻgʻim-boʻgʻim uzun poyali oʻsimlik; shu oʻsimlikning oʻrilgan poyasi va uning choʻpi.
-
Qamish oʻrmoq. Qamishdan boʻyra toʻqimoq.
-
Ular qamishlarni shaldiratib, suvga yaqin kelganlarida, oʻzlari ham balchiqqa botib keta boshlashdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Uch tomoni qamish bilan oʻralgan hovliga avval Sidiqjon kirgan edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Shu oʻsimlik poyasi bilan oʻralgan, yopilgan; shundan yasalgan.
-
Qamish devor. Qamish tom. Qamish pay.
-
Keyin bir parcha qogʻoz olib, qamish qalamni qitirlatib yoza boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
qamish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qamishdan bel bogʻlab
-
Toʻylaringizga qamishdan bel bogʻlab xizmat qilayin, ukajon. N. Qobil, Unutilgan sohillar
QAMISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАМИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qamish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar