qamra
bilan ulashing
1. Atroflab oʻrab olmoq, qurshamoq.
-
Shahar atrofini oʻrmon qamragan. Dushman istehkomini qamrab olmoq.
-
Kosa koʻtargan xotin-xalaj qozon atrofini qamrab oldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Yoyilib, tarqalib, maʼlum joyni egallamoq; bosmoq, tutmoq, qoplamoq.
-
Yongʻin butun uyni qamrab oldi.
-
Kecha gupullab qor tashladi, bugun uning qora sovugʻi hamma yoqni qamrab oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Roziqning aʼzoyi badanini yana oʻlim dahshati qamradi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Butun borliqni qamrab olgan chirillash mana shu mitti jonivorlarnikiligiga ishonging kelmaydi. Yoshlik
3. Oʻzida mujassamlantirmoq, aks ettirmoq, ifodalamoq; oʻz ichiga olmoq.
-
Juda katta davr tarixini qamrab olgan asar.
-
U [Navoiy] minglarcha yilgi madaniyatni, asrlarning fikr boyligini qamragan shoir edi. Oybek, Navoiy
-
U tiniq daryo, musaffo osmon, cheksiz kengliklar haqida oʻylanar va xayoli shunday ulkan narsalarni bemalol qamrab olayotganidan hayron boʻlardi. P. Qodirov, Uch ildiz
QAMRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАМРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qamra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar