qamchila
bilan ulashing
1. Qamchi bilan urmoq.
-
Gʻuzor tomondan oq sallali kimdir birov ot qamchilab, shitob bilan kelardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Arslon toʻrigʻini qamchilab, uzoqlashib qolgan otliqlarni quvib ketdi. O. Yoqubov, Izlayman
2. koʻchma Soʻz bilan urmoq, qattiq tanqid qilmoq, poʻstagini qoqmoq.
-
Mashhur fitnachi Muhammad Jamol chiqib, xoʻp qamchiladi sizni va bizni. Oybek, Nur qidirib
-
Furqat, Zavqiy oʻzlarining hajviy sheʼrlarida poraxoʻr amaldorlarni shafqatsiz qamchilagan edilar. Sharq yulduzi
3. koʻchma Qistamoq, undamoq, majbur qilmoq.
-
Tangriqul hoji qoʻlidagi butun vositalar bilan yerni qamchilab, koʻproq hosil berishga majbur qilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Odamni jilovlab, qamchilab turadigan, toblab chiniqtiradigan narsa — tashvish. F. Musajonov, Himmat
qamchila soʻzi qatnashgan jumlalar:
Otni qamchilamoq
-
Ish koʻp, vaqt oz — otingni qamchila.
-
Ana shu tigʻiz kunlarda otini qamchilagan paxtakor asti dogʻda qolmaydi. Gazetadan
-
otni qamchilash kerak, boʻlmasa kechikasiz, degan gapi Madinani oyoqqa turgʻizdi. Mirmuhsin, Chodrali ayol
QAMCHILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАМЧИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qamchila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar