qamchi
bilan ulashing
1. Ot-ulovni urib, yurishga undash, tezlatish uchun ishlatiladigan dastali, koʻpincha qayish tasma shaklidagi asbob.
-
Oʻrma qamchi. Ot oʻynatadigan uzun qamchi.
-
Rais otiga qamchi urib, idora tomon ketdi. Oydin, Yuragida oʻti bor
-
U har zamonda qamchisini koʻtarib qoʻyar, ot esa, sagʻrisiga qamchi tushuvini kutmasdan olgʻa intilar edi. N. Safarov, Olovli izlar
2. koʻchma Oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan narsaning kaltagini bildiradi.
-
Shoir savdogarlarni ham satira qamchisi ostiga oldi. Gazetadan
-
Erk-adolat yoʻlida jaholat qamchisidan, hatto qoʻrqinchli tahlikadan qoʻrqmagan Avaz. Gazetadan
qamchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qamchi bosmoq (yoki solmoq, bermoq)
-
Yoʻlchining yuz-koʻzi aralash yana qamchi soldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Asqar ota beixtiyor otiga qamchi bosdi, yana boshini tortdi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Qamchi bersa, bedov ot oʻynab ketib boradi. Nurali
Qamchi oʻynatmoq
Qamchisidan qon tomgan (yoki tomadigan, tomadi)
-
Qamchisidan qon tommagan boy — boy emas. B. Rahmonov, Bahor arafasi
-
Bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
QAMCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАМЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qamchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar