qaltira
bilan ulashing
1. Kuchli tarzda titramoq; qalt-qalt qilmoq.
-
Sovuqdan qaltiramoq. Boʻynida illati borning oyogʻi qaltiraydi. Maqol
-
Adolat surbet Bozorovni koʻrishi bilan gʻazabdan qaltiradi va titrogʻini bosish uchun paxta teraverdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Oxiri madori ketayotganini sezdi, tizzalari qaltiradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Qoʻrqqanlaridan dagʻ-dagʻ qaltirab turishibdi. E. Raimov, Ajab qishloq
2. koʻchma Shunday harakatni eslatuvchi, shunga oʻxshash holatga nisbatan qoʻllanadi (narsalar haqida).
-
Choʻlning u yer-bu yerida qovjirab turgan shuvoq muttasil kezib yurgan choʻl shabadasida qaltirab turardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Qogʻoz qoʻlimda shamoldagi bargdek qaltirar, harflar sakrab, soʻzlar tutqich bermasdi. F. Musajonov, Himmat
-
Bashirjonning ovozi qaltirab, tomogʻi quruqshab ketdi. N. Aminov, Suvarak
qaltira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tili qaltiramoq
-
Sattorqul harchand gapirishga urinsa ham boʻlmadi, tili qaltirab qolaverdi. Mushtum
QALTIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛТИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaltira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar