nish
bilan ulashing
1. Oʻtkir narsaning uchi; nayza.
-
Koʻk strelkalarning shaharga, tepaliklar va katta yoʻllarga qaratilgan nayzalari xanjar nishiday armiya mudofaasiga sanchilib turardi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Gazandalarning chaqqanda sanchadigan aʼzosi; nishtar.
-
Yoʻlda chayon toshbaqadek doʻstiga, Urdi bir-ikki nishini poʻstiga. Hamza
3. Endigina unib chiqqan (oʻsimlik yoki kurtak).
-
Tuproqni koʻtarib turgan nish gʻoʻza tagini asta kavlab koʻrsam, ildizi chiriy boshlabdi. S. Mahkamov, Shogird
4. Tuxumning uchidagi oʻtkir boʻrtigʻi, xoli.
nish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nish urmoq
-
Qaynayotgan qaziga nish urmoq;
-
Avval ekinlarning nish urishidan xirmongacha boʻlgan jarayonni toʻrt koʻz boʻlib kuzatgan boʻlsa, endi kishilarning qalbini, qarashini, ruhini oʻrgana boshladi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Murabbiy — bola qalbida nish ura boshlagan umid gʻunchalarining mehribon sohibidir. R. Usmonov, Odobnoma
NISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- mengzaymoq
- Sun’iy intellekt kod agentlari (AI Code Agents)
- barbershop
- tizim prompti
- trolling
- iymanmoq