nishon
bilan ulashing
1. Ataylab qoʻyilgan yoki tabiiy belgi; alomat.
-
Bolaning oʻng betida nishoni bor.
-
Texnik., domlaning darvozasiga qizil nishon qoʻyib ketdi. A. Qahhor, Sarob
2. Biror narsaning izi, asari,
-
Kechagi yomgʻirdan nishon ham qolmagan, xushboʻy shabada, dilxush manzara, oromijon tabiat. I. Rahim, Ixlos
-
Kuban boʻylaridan izladim seni. Oʻtdi tuni kunlar, topmadim nishon. T. Toʻla
3. Biror narsadan darak yoki dalolat beruvchi belgi.
-
Yasovullar sadoqat nishoni koʻrsatdilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Bu bayroq har bir jangchi uchun shon-sharaf belgisi gʻalaba nishoni. I. Rahim, Chin muhabbat
4. Oʻq uzish uchun moʻljalga olingan (qoʻyilgan) narsa; qora.
-
Oʻqni nishonga bexato urmoq. Nishonga olmoq.
-
— Toʻgʻri qilgansiz, — deb uni qoʻltiqladi komissar, — jangchining ongi qayralsa, oʻqi nishonga bexato tegadigan boʻladi. Shuhrat, Shinelli yillar
5. koʻchma Biror gap qaratilgan obyekt; biror gapdan koʻzlangan maqsad; moʻljal.
-
Inoyat soʻzining nishonga borib tegayotganidan mamnun. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
6. esk. kom. qoʻll. Orden; medal.
-
Koʻkragida yaqinda olgan Mehnat shuhrati nishoni Gazetadan
7. Nishon (erkaklar ismi).
NISHON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИШОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nishon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar