nishtar
bilan ulashing
1. Jarrohlarning keskir asbobi.
-
Ibn Sino yechib tashlagan qonli yaktagini kiyib, qoʻlida nishtar bilan yaradorning tepasiga keldi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
2. Umuman, oʻtkir va sanchiladigan narsa.
-
Dushman zaif joydan nishtar uradi. S. Ahmad, Hukm
-
Nishtardan achchiq botdi Temirdan boʻlgan javob. Gʻayratiy
3. aynan Nish 2.
-
Chayon zaharli nishtarini bir gal oʻrtancha barmogʻining uchiga, ikkinchi marta koʻrsatkich barmogʻiga sanchib oldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. koʻchma Oʻtkir, kuchli.
-
Quyoshning nishtar nuri bahor yomgʻirida oʻsgan oʻtlarni qovjiratib yuborgan. Yo. Shukurov, Birinchi parvoz
NISHTAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИШТАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan NISHTAR so‘ziga berilgan ma’nolar
nishtar so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
nishtar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar