sog‘in
bilan ulashing
1. Ayriliqdagi yaqin kishisini juda koʻrgisi kelmoq; qoʻmsamoq; sogʻinch hissini sezmoq.
-
Ey dilrabo, ishqing bila devona boʻldim sogʻinib, Bulbul kabi tun-kechalar giryona boʻldim sogʻinib. Hamza
-
Erini sogʻinib yurgan Xolisaning yuragi negadir birdan orziqib ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Bilaman, charchagansizlar, bola-chaqalarni sogʻingansizlar. S. Ahmad, Ufq
2. Umuman, qoʻmsamoq, xumor qilmoq.
-
Kapalak gulni sogʻinar, bulbul — kuyni. Maqol
-
Biz bari bir bahorni har gal sogʻinib ku-tib olamiz. Saodat
-
Qarshi bobo har qancha hurmatga arziydi. Agar biron kun uyda qamalib yotsa, dalani sogʻinib qoladi. A. Kudimov, Halqa
-
Gʻulomqorining ashulasini juda sogʻinib qoldik. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha..
3. Ravo koʻrmoq, istamoq.
-
Qoʻshningga yomonlik sogʻinma. Maqol
-
[Hasanali:]
-
Endi sizdan shuni ham soʻrayin: xoʻjasiga sodiq• bir qul, sizning taʼbiringizcha, maʼnaviy bir padar, oʻz oʻgʻliga yomonlik sogʻinarmi, bu toʻgʻrida javob beringiz-chi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
sog‘in soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kaltakni sogʻindingmi?
SOG‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SOG‘IN so‘ziga berilgan ma’nolar
sog‘in so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
sog‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar