yamla
bilan ulashing
1. Chaynamay, ogʻiz ichida aylantirmoq, milki bilan ezmoq.
-
Ovqatni yamlab yutmoq.
-
— Ikki yuz tanob! — deya Polvonga qaradi non yamlayotgan Ibrohim ota. J. Sharipov, Xorazm
-
Eʼtibor opa yonida ishtaha bilan tolqon yalab yutayotgan Toʻlqinning tim qora sochini siladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Yanga oxurdagi yemini yamlab yutayotgan sigirga qaradi. S. Nurov, Narvon
2. Lab, milklar orasiga olmoq.
-
Abduqodir qattiq gʻazablandi, bir necha minut tutaqib, dagʻal qizgʻish moʻylovining uchini yamlab, boshini tebratdi. Oybek, Nur qidirib
-
Oyshabonu boshlamoqchi boʻlgan gapdan cholning ham xabari boʻlsa kerak, soqolining uchini yamlab turib, bir ijirgʻandi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Sanobar gazetaning bir chetini yamlagancha, xayol surib qoldi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
3. koʻchma Domiga tortmoq; yutmoq.
-
Olov yonib, yamlaydi oʻtin, Dekcha tinmay biqirlar, toshar. 3. Obidov
-
Orqasida qora kul qoldirib oʻt-alanga yumalaydi, yantoqlarni yamlaydi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
mashina lentani tortib yamlay boshlaydi, keyin pilta oʻrab chiqaradi. M. Joʻra, Quyoshdan nur emganlar
yamla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapni (yoki soʻzni) yamlamoq
-
— Gapni yamlamang, — dedi Oʻktam hosilotga tikilib. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
U soʻzini yamlab, oʻgʻliga qarab qoʻydi. X. Sultonov, Onamning yurti
Ikki yamlab, bir yutmoq
-
Laylakvoy: — Haq saloming boʻlmasa, ikki yamlab, bir yutardim. Ertaklar
Yamlamay yutadigan
-
— Voy Toʻlamat tushmagur-ey, yolgʻonni yamlamay yutasan-a! — ichagi uzilgudek qotardi keksa oʻroqchi. S. Anorboyev, Oqsoy
YAMLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯМЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yamla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar