yana
bilan ulashing
1. Avval boʻlgan ish-harakat, narsa-hodisaning takror yuz berishini, boshlanishi va davom etishini bildiradi; takror holda; qaytadan, tagʻin.
-
Yomgʻir yana yogʻa boshladi.
-
Lektor., xatga qarab, jahl bilan yana bir marta Oʻrtoqlar dedi-yu, leksiyani boshlab yubordi. A. Qahhor, Quyushqon
-
Usta Farfi uni yana bir qat koʻzdan kechirib olgach, choʻkkalashini buzib, chordana qurib oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Avaz doʻkonda yana birpas kitob mutolaa qilib oʻtirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Sentyabr tong otariga yaqin qoldi, yana sinflarda oʻquvchilarning shodon ovozi jaranglaydi. Gazetadan
2. Bundan tashqari, buning ustiga.
-
Yana bir savat non bor.
-
Choyni iching, yana olib chiqaman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Masalaning yana bir nozik tomoni bor. Boʻgʻoz sovliqni uzoq yotqizib boʻlmaydi: bola tashlaydi. Gazetadan
-
Oʻrtoq Baqoyev yana bir piyola choy soʻradi. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
-
[Mirzakarimboy] Bir nafas oʻylab, yana uch soʻmlik qogʻoz va bir soʻlkavoy qoʻshib, Yoʻlchiga tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. (odatda bir, biror soʻzi bilan birga) Ilgarigilardan boshqa; boshqa bir; yangi, boshqa.
-
Yana bir masala chiqib qoldi. Ya na biror gap yoʻqmi?
-
Xon maktubning yana bir joyida sheʼr bitgan edi: Men Samarqandni sensiz netayin P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
— Qarigan chogʻida xoʻrozqand yalamay domla ham oʻlsin! — dedi yana biri. A. Qahhor, Toʻyda aza
4. aynan Yanada.
-
Shuning uchun qoʻrboshining boyagi shubhasi yana kuchaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ashula nihoyasiga yetdi. Lekin bir zumdan keyin yana ayni tovush parvoz qildi. Ammo oʻzga maqomda, yana chuqurroq mavjlanishlar, jilvalar bilan, koʻngilni yana qattiqroq sehrlovchi ingichka titramalar va ranglar bilan Oybek, Tanlangan asarlar
5. yuklama Taʼkid bildiradi; tagʻin.
-
Yana shoʻxlik qilib yurmagin! E. Raimov, Ajab qishloq
-
Siz ham, eski muallimga oʻxshab, ketib qolmang yana! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sen supada oʻtir, oʻtkinchilar yana bir narsani ilib ketmasin! Oybek, Tanlangan asarlar
YANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YANA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YANA so‘ziga berilgan ma’nolar
yana so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
yana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar