yanch
bilan ulashing
1. Oʻrilgan gʻalla boshoqlarini bosib, urib, ezib, donni ajratib olmoq.
-
Bugʻdoy yanchmoq. Sholi yanchmoq. Yanchish mashinasi.
2. Zarb bilan urib ezmoq; maydalamoq, kukunga aylantirmoq.
-
Murch yanchmoq. Tolqon yanchmoq.
-
Chu, desang togʻlarni chogʻlar dimogʻi, Toshni yanchar poʻlat, asil tuyogʻi. Ravshan
-
Ilonni quyrugʻidan emas, boshidan yanchadilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Oyogʻosti qilmoq, payhon qilmoq, ezib tashlamoq.
-
Yel ortiqcha bir gʻazab ustida edi, yer yuzidagi tikkaygan narsani bukib-yanchib tashlamoqchi boʻlgandek pishqirar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yanchib oʻtar har bir tanka balo togʻini, Samolyotlar yogʻdiradi samodan olov. Gʻayratiy
YANCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯНЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yanch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar