yamoq
bilan ulashing
1. Biror narsaning yirtilgan, teshilgan, uzilgan joyini yamash, butunlash uchun moʻljallangan bir parcha mato, charm va shu kabilar
-
Shimining tizzasi bilan oʻng choʻntagining tagiga yamoq solingan edi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Plansiz, muvaqqat uylar, zar libosga boʻz yamoq singari, qalʼa husnini buzib turibdi. Gazetadan
2. Yamoq solingan, yamoqli joy.
-
Sherali, juda boʻlmasa, bitta yamoqni bekitmoqchi boʻlib, koʻylagini shimining ustidan tushirdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
U otasining chang bosgan boʻyniga, choponining yelkasidagi yamoqlarga nazar soldi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
3. Yamash talab etadigan, yamaladigan narsa, buyum.
-
U endi vaqtining koʻpini har kim keltirgan yamoqlarni yamash bilan oʻtkaza boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Yamash, yamashga oid.
-
Yamoq ishlari siyraklashgach, yuvilgan kiyimlarga dazmol bosishdi. Shuhrat, Shinelli yillar
5. Yamoq solingan, yamab tikilgan; yamalgan, yamoqli.
-
Yamoq koʻrpa. Yamoq toʻn. Yamoq etik,
-
Ayvon ustuniga suyanib turgan ola-bula yamoq choponli bir bola kelib, uning oldiga tushdi: — Qani, yuring, mullaka! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Tizzasi yamoq shimni torlik qilib qolguncha kiyib yurdi. U. Ikromov, Unutilmas xotiralar
6. koʻchma Tuzalgan yaraning izi, chandiq.
-
Yuzning yamogʻi.
-
Mehmonning boshida qandaydir tirtiq, yamoq dogʻlar, soch chiqmagan joylar ham bor edi. U. Ismoilov, Saylanma
7. koʻchma Kam-koʻstni, kamchilikni toʻldirgan narsa.
-
Yomonga yomon bul, Yaxshiga yamoq boʻl. Maqol
-
Paxtadan kelgan hayon chorvaga yamoq boʻlib ketardi. Y. Shamsharov, Toshqin
YAMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yamoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar