kabob
bilan ulashing
Asosan, goʻshtni sixga tortib, koʻraga terib, choʻgʻ damida pishiriladigan, shuningdek, tandirda yoki qozonda ham tayyorlanadigan taom.
-
Jigar kabob. Lula kabob. Qiyma kabob. Tandir kabob. Qozon kabob.
-
Togʻdan haydab tushilgan qoʻylar soʻyildi, kabob koʻralarida archaning pistoli koʻmiri choʻgʻlatildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Rashid ikki kulcha non orasiga olingan kabobning sixi bandini Muharramga toʻgʻriladi. Shuhrat, Shinelli yillar
kabob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bagʻri (yoki yuragi, dili, jigari, koʻksi) kabob boʻlmoq
-
Dili kabob boʻlgan Polvon bu yigit voqeasini toʻlaroq bilmoqchi edi. J. Sharipov, Xorazm
Kabob boʻlmoq
-
Isitma ichida kabob boʻlib, hamoslab yotgan Qulmuhammad oshnasiga baqrayib qarab qoldi. Mirmuhsin, Choʻri
-
Toshkentning issiq koʻchalarida bir kishi kabob boʻlib yuribdi, u — Umid. Mirmuhsin, Umid
Six ham kuymasin, kabob ham.
KABOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАБОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kabob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar