zavq
bilan ulashing
1. Kishiga lazzat bagʻishlovchi kayfiyat; shavq; xursandchilik.
-
Kema suvning shiddatiga dosh berolmay, goh orqaga, goh oldinga chayqalar, bundan bolalarning zavqi oshardi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Alimardon yana oʻsha tabassum bilan, yana oʻsha zavq bilan kuyladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Huzur, nashʼa, gasht.
-
Yashash zavqin bilmoq boʻlsang, Fan togʻiga intilgin. Yo. Mirzo
-
Samandarov zavq qilib kuldi va bolani qoʻlidan tortib olib, bagʻriga bosdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Qiziqish, maroq, ishtiyoq; ruhiy koʻtarinkilik.
-
Maʼruzachi zavq bilan soʻzlamoq-da.
-
Yoʻlchi nayni labiga qoʻyib, butun zavqi bilan chala ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
zavq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zavqini keltirmoq
-
Bahorda koʻm-koʻk maysa bilan qoplangan dalalar, kuzda oltin-rang boshoqlarning shovullashi kishining zavqini keltirar edi. Gazetadan
ZAVQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАВҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zavq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar