o‘ra
bilan ulashing
1. Oʻram, kalava qilish uchun aylantirmoq, oʻram, kalava hosil qilmoq.
-
Gazetani oʻramoq. Kartonni oʻramoq.
-
Ovqatdan soʻng enam xira chiroq yorugʻida, oʻzlaricha qandaydir qadimiy ashulani xirgoyi qilib, kalava oʻrardilar. Saodat
2. Ip, sim va shu kabilarni biror narsa ustidan aylantirib, oʻram holiga keltirmoq.
-
Ipni chillakka oʻramoq. Arqonni belga oʻramoq.
-
Ipaklarni naychaga oʻraydigan, kalavalaydigan dastgohlar bir maromda ishlamoqda. Gazetadan
-
Baʼzan yigitlar bellariga yoʻgʻon simni uch-toʻrt qavat qilib oʻrab keladilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Boshni berkitmoq, boshga yopmoq, tangʻimoq.
-
Durracha oʻramoq.
-
Xotin boshidagi jun roʻmolini oldi-da, bir-ikki qoqib, yana oʻradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Aylantirib, aylanib, atrofini toʻsmoq.
-
Hovlini taxta devor bilan oʻramoq. Bogʻni panjara bilan oʻramoq.
-
Zirklar toʻrt tarafni devordek oʻrab turar edi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Atrofni osmonoʻpar togʻlar oʻrab olgan. K. Yashin, Hamza
5. Atrofidan, ustidan aylantirib band qilmoq, ichiga olmoq, berkitmoq.
-
Boʻyinga sharf oʻramoq. Yarani bint bilan oʻramoq.
6. Ustidan biror narsa bilan mahkamlab bogʻlamoq, ichiga olmoq.
-
Narsalarni qogʻozga oʻramoq.
-
Ahyon-ahyonda tamaki oʻrash uchun ham qogʻoz topolmay, diqqinafas boʻladi kishi. T. Rustamov, Mangu jasorat
7. Qoplamoq, qurshamoq.
-
Koʻkni oʻrab olgan qora bulutlar ham toʻs-toʻsga boʻlinib, oy ham qora parda ichidan yarim yuzini ochib, yer yuziga moʻralab qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
shamol endi boʻronga aylanib, aravalarni sariq chang oʻray boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor
8. koʻchma Ishgʻol qilmoq, band etmoq, egallamoq; bosmoq.
-
Hozir uning yuragini boshqa bir haqiqat tirnay boshlagan va vijdonini faqat shu masalagina oʻrab olgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Uning yuragini qarama-qarshi hislar, kechinmalar oʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar
o‘ra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Paytava oʻramoq.
-
Adolat indamay yotar, bosh va yuzlari doka bilan oʻrab tashlangan edi. S. Zunnunova, Olov
-
Pismiq qopchiqning ichidan teriga oʻrab qoʻyishgan bir tugunni oldi. E. Raimov, Ajab qishloq
Pilla oʻramoq
-
Qurt pilla oʻradi. Oq pilla oʻraydigan ipak qurti.
O‘RA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar