o‘quvchi
bilan ulashing
1. Oʻqimoq 1 feʼlidan sifatdosh.
-
Kitob oʻquvchi bola. Bir ozdan keyin yonidagi jurnal oʻquvchi yigitga murojaat qildi.
2. Biror oʻquv yurtida (asosan, maktabda) taʼlim olayotgan shaxs.
-
Yetti yillik maktab oʻquvchilari.
-
Maktabning ochilganiga ikki hafta boʻlmay, oʻquvchilarning soni oʻttizdan oshib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yosh-yosh qizlar, oʻquvchi bolalar safdagi yigitlarga guldastalar uzatmoqdalar. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Vaqtli matbuot yoki adabiyotning maʼlum bir turini muntazam oʻqib turadigan shaxs.
-
Mushtum oʻquvchilari.
-
Gazeta oʻz xatosini ochiq aytib, oʻquvchilaridan uzr soʻrasa, obroʻyi tushar emishmi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻquvchining qimmatli vaqtini ayaganimdek, qalamni ham bu gʻidi-bididan ozod qilishni muvofiq koʻrdim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
O‘QUVCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎҚУВЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
O‘QUVCHI so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan O‘QUVCHI so‘ziga berilgan ma’nolar
o‘quvchi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
o‘quvchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing