o‘r
bilan ulashing
Gʻalla oʻsimligi, oʻt, beda va boshqalar oʻsimlikni chalgʻi, oʻroq, kombayn va shu kabilar bilan qirqib olmoq.
-
Arpa oʻrmoq. Qamish oʻrmoq. Yantoq oʻrmoq.
-
Bekboy: Oʻroq yasa-tib bering, men ham bugʻdoy oʻraman, deb joni-holimga qoʻydimi bu qizcha. N. Safarov, Don
-
Qorovul shoʻra va yalpizlarni oʻrib, suv urgan joyga tiqa boshladi. Yoshlik
o‘r soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arpangni xom oʻrdimi?
Oʻroq oʻrmoq
-
Mashrab indamay, oʻroq oʻrayotgan joyiga qarab ketdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Sizning mollaringizga qaragan, oʻrogʻingizni oʻrgan, xirmoningizni yanchgan bir insonni bilaman P. Tursun, Oʻqituvchi
Tolalarni yoki ularning bir necha tutamini bir-biriga chalmashtirib toʻqimoq, eshmoq.
-
Sochni oʻrmoq. Qamchi oʻrmoq.
-
Hafiza oq batis koʻylagini kiyib, sochini bitta qilib oʻrgan edi. Mirmuhsin, Umid
-
Otga chigʻanoqli asboblarni taqib, yolini qizil lattalar bilan oʻrib, otning atrofida aylanib, unga juda zeb berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
sheva Oʻrlamoq; oʻrmalamoq.
-
Yolgʻizoyoq yoʻldan qirga tomon oʻrib chiqayotgan bir toʻda ayollarni oʻz ogʻziga qaratib bora-yotgan Maʼsumaoyning soʻzini kimdir boʻldi. N. Safarov, Don
-
Dastalarga chiqqan qurtlar, pilla oʻrash oʻrniga oʻrib yurar, yakka-yakka oʻraganlari ham pillani teshib, yana chiqib ketgan edi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
O‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar