mubolag‘a
bilan ulashing
1. ad. Tasvirlanayotgan yoki taʼriflanayotgan kimsa, narsa, hodisa va shu kabilarni oʻquvchilarga yaqqol, taʼsirli qilib yetkazish uchun ularning sifat -larini orttirib, boʻrttirib koʻrsatish; shu maqsadda ishlatilgan soʻz, ibora; giperbola.
-
Oʻzbek mumtoz adabiyoti mubolagʻalarga boy.
-
[Anvar:] Agar menga hurmat lozim boʻlsa, mubolagʻa bilan emas, yana takror aytaman, bir qarindoshingiz qatorida takallufsiz muomala qilish bilan boʻlsin. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Umuman, boʻrttirish, oshirib yuborish; lof.
-
Mubolagʻa qilmoq.
-
Endi guzar va yigʻinlarda mulla Obidning kuchi haqida mubolagʻa boshlaydilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Anvar javobni oʻqib zavqlandi: — Ofarin, Raʼno, lekin birovning ustida ortiqcharoq mubolagʻa qilibsan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
MUBOLAG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУБОЛАҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mubolag‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar