mubtalo
bilan ulashing
1. Biror illat, kasallik yoki koʻngilsiz voqeaga duchor boʻlgan, uchragan; giriftor.
-
[Guli] Nechun tugʻding meni baxti qaroni? Baloga mubtalo motamsaroni? Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Bidʼatga botgan mubtalolarni koʻrolmasman. Mushtum
2. Maftun, shaydo, oshiq.
-
Mubtaloman pariroʻga, koʻzi bir mast ohuga. Ya. Mamatxonov
-
Yor vaslidan topolmas Erkin diliga taskin. Afsus demakdan oʻzga u mubtalo na qilsin. E. Vohidov
mubtalo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mubtalo boʻlmoq
-
Chamamda, oʻrtoq Xoʻjabekov fosh qilish kasaliga mubtalo boʻlgan koʻrinadi. S. Anorboyev, Oqsoy;
-
Lola yangligʻ orazingni men koʻrib tasvirda, Mubtalo boʻlmoqligʻim yoz-mish ekan taqdirda. Hamza
Mubtalo qilmoq (yoki etmoq, aylamoq)
-
[Otabekning] Umrining eng qimmatli kunlarini ogʻulagan, ikki yil boʻyi davosiz dardga mubtalo qilgan oʻz onasi emasmidi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
MUBTALO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУБТАЛО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mubtalo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar