mudofaa
bilan ulashing
1. Jangovar harakatning dushman kuchlari hujumini qaytarish, ularga jiddiy talafot yetkazish, pozitsiyani qoʻlda tutib turish va hujumga oʻtish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qoʻllanadigan bir turi.
-
Dushman mudofaasi. Mudofaa liniyasi. Mudofaadan hujumga oʻtish.
2. Dushmandan saqlanish, oʻzini himoya qilish uchun zarur boʻlgan yoki hozirlangan vosita va choralar majmui.
-
Mamlakatning mudofaasini kuchaytirish. Dushman mudofaasini yorib oʻtish.
-
Nemislarning oltiotar minomyoti hurmoqda. Nemis mudofaasining oʻzagi boʻlgan tepalikda jon asari koʻrinmaydi. A. Qahhor, Oltin yulduz
mudofaa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mudofaa qilmoq (yoki etmoq)
-
Polk mudofaa qilib yotgan rayon ustida baʼzan dushman samolyotlari paydo boʻlishini eʼtiborga olmaganda, urushdan hali ham darak yoʻq edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Turkiston musulmonlarining huquqlarini mudofaa eta biladigan toʻrt-besh arbobi siyosat yetishsa, biz uchun sharaf emasmi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gangib qolgan Mahkam oʻzini uquvsizgina mudofaa qilardi. P. Qodirov, Uch ildiz
MUDOFAA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУДОФАА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mudofaa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar