mudroq
bilan ulashing
1. sifatdosh Uyqu bosgan, mudragan holatli (
-
Mudroq koʻzlar.
-
Oʻsha chiroq atrofida jim Uni kutar xotini mudroq. X. Davron
-
— Ha, bir-bir tortsak, maza boʻlardi, — dedi horgʻin, mudroq koʻzli boshqa biri. Oybek, Quyosh qoraymas
2. koʻchma Harakatsiz, tinch, uxlagan holatli (narsalar haqida.
-
Qish boʻyi qoru yomgʻir suviga toʻyib, qorayib qolgan yer mudroq bir kayfiyatda ogʻir-ogʻir xoʻrsinayotganga oʻxshaydi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
-
Namanganning azamat chinorlari mudroq uyquda. S. Siyoyev, Erkaklar ertagi
-
Buldozer asriy mudroq choʻlni uygʻotib, uning koʻksiga panja soldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. ot Uyqu bosib mudragan holat.
-
Maxdumning mudrogʻi qochib, koʻzlari katta ochildi. H. Gʻulom, Mashʼal.
mudroq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mudroq bosmoq
-
Ahmadning qovoqlari ogʻirlashib, mudroq bosdi. U ikkala oyogʻini uzatib, oʻzini uyqu ixtiyoriga topshirdi. F. Musajonov, Himmat
-
Toʻgʻonbek dam mudroq bosib, dam sergaklanib yotar edi. Oybek, Navoiy
MUDROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУДРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mudroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar