mudra
bilan ulashing
1. Mudroq bosib, yarim uygʻoq, yarim uyqu holatida boʻlmoq.
-
Chigʻir yonida mudrab oʻtirgan choʻri uning ovozidan choʻchib uygʻonib, yoʻliga chiqdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Sherali shu hayajon ichida mudrab, nihoyat, shiringina uyquga ketganini ham bilmay qoldi. S. Karomatov, Oltin qum
2. koʻchma Harakatsiz, tinch holatda boʻlmoq (narsalar haqida).
-
Daraxtlar hordiq chiqarganday boshini solib, tong nurlariga koʻmilgan holda mudramoqda. Sharq yulduzi
-
Tagidagi otning shoʻx qadam olishi va sogʻlom bir qudrat bilan oʻynoqlashi Boburning aʼzolarida anchadan beri mudrab yotgan yoshlik kuchlarini uygʻotganday boʻlardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
MUDRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУДРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mudra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar