qismat
bilan ulashing
1. Goʻyo oldindan belgilab qoʻyilgan, peshonaga yozilgan koʻrgilik; yozmish, taqdir.
-
Qadim zamonlarda odamlar dunyodagi hamma narsa qismatga bogʻliq, deb oʻylaganlar. Gazetadan
-
Qismat ekan, bu yerlarda yuribsiz, usta Jurjoniy. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hali sevishmoqdan shumidir maʼno? Faqat azob bordir qismatda nahot? H. Olimjon
-
Oʻzgalardek uni ham qismat Olib keldi oxir qabrga. E. Vohidov.
2. Umuman, boshga tushgan koʻrgilik, kechmish hayot; ahvol.
-
Oʻsha zamonda barcha ilgʻor fikr va aql egalarining qismati bir xil edi. Gazetadan
-
Najmiddin Buxoriy, akasi Boyboʻrining zulmidan boshqa yurtlarga koʻchib ketgan Boysari qismatida oʻz qismatini koʻrib, koʻzlaridan yosh chiqib ketdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Haqiqatan ham Soʻlimbekday qishloqning boshiga tushgan qismat koʻplarni qattiq ranjitgan edi. J. Abdullaxonov, Xonadon
3. Hayot-mamot masalasi, taqdir; belgilangan umr, nasiba.
-
Butun yoshligimiz jangdadir bukun, Jangda yechilmoqda sevgi qismati. H. Olimjon
-
Hazrat ketib yuborishni ham oʻyladi-yu, hali Jabborbek qismati hal boʻlmagani Ibrohimbek ketib qolganini eslab, Fuzayl maxsumga maʼnoli tikildi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
-
Hasan ovchining qismati bitdi, deb taxmin qilgan ellikboshi uni tezroq qalʼaga dikillatib olib borishga oshiqardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
4. eskirgan, kitobiy Qism, hissa, ulush.
-
Qalin qismatini juda koʻp bering, Ne soʻrasa, berayin, qabul qiling. Poʻlkan shoir
QISMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИСМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qismat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar