qism
bilan ulashing
1. Butunning tarkibi, uzviy boʻlagi yoki hissasi, ulushi.
-
Daromadning uchdan bir qismi. Mehmonlarning bir qismi.
-
Xullas, Tuyamoʻyinga kelib, izlab yurgan narsalarimning bir qismini topganday edim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yoʻlning qolgan qismiga eshak ish berdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Anvar oʻzini supaning qorongʻi qismiga oldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Bir ish, majlis, asar va shu kabilarning maʼlum darajada mustaqillikka ega boʻlgan alohida boʻlagi; boʻlim.
-
Uch qismdan iborat roman,
-
Institutdagi kechada hisobot dokladi tugadi. Soʻngra badiiy qism boshlandi. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor
-
Mohidil yetib kelganda, tantanali qism boshlanib qolgandi J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Mehmonlar bilan vakillarning qizgʻin tabriklari, xayrli tilaklaridan keyin kechaning rasmiy qismi tugadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Mashina, mexanizm, inshoot va shu kabilarni tashkil qilgan boʻlaklardan har biri; detal.
-
Traktorning ehtiyot qismlari.
-
Emin uni [pulemyotni] shoshilib qoʻliga oldi-da, bir zumda qismlarini ajratib, gazetaga terib qoʻydi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. harb. Qurolli kuchlar tarkibidagi alohida boʻlim, boʻlinma yoki birikma.
-
Minomyotchilar qismi. Polkning sanitariya qismi. Qism komandiri.
-
Shu choq artilleriya qismlari ogʻir toʻplari bilan oʻta boshladi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Jarohatlarim bitib ketishi bilan yana qismimga qaytib bordim. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
QISM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИСМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qism so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar