qisqa
bilan ulashing
1. Boʻylama oʻlchami, uzunligi uncha katta boʻlmagan; kalta.
-
Qisqa yogʻoch. Qisqa yubka. Qisqa yoʻl. Qisqa sochli ayol. Boʻyi qisqa odam. Boʻyni qisqa ot. Qisqa metrajli film. Yogʻochni uzun, temirni qisqa kes. Maqol
-
Ikki yoʻlovchining qisqa soyalari katta-kichik tosh, turli dasht oʻsimliklari ustidan egilib borar edi. A. Qahhor, Maston
-
Salimboyvachcha esa, katta yoʻlga qaraganda ancha qisqa, yolgʻizoyoq yoʻldan oʻz bogʻiga ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
xushbichim burun tagida burovga kelmagan qunduz miyiq, iyakni juda ham chiroyli oʻrab olgan qora qisqa soqol. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Davomliligi kichik, uzun emas; ixcham.
-
Qisqa jumla. Qisqa axborot.
-
Umar Hayyomning qisqa, lekin sermazmun baytlariga singdirilgan hayot falsafasi buyuk, hayot va dunyodayin bepoyon. Gazetadan
-
Oʻqituvchi qisqa ifodada koʻp fikr ayta bilish mahoratiga ega boʻlmogʻi lozim. R. Usmonov, Odobnoma
-
Yonimda xayol surib oʻtirgan bek: — Borganda bilasiz, domla, — deb qisqagina javob qilib qoʻya qoldi. H. Tulom, Mashʼal
3. Davomiyligi uzun boʻlmagan (vaqt haqida); zid. uzun.
-
Qisqa muddat.
-
Yoz kechasi qisqa. Yoʻlchi bir chimdim uxlab koʻzini ocharkan, tong otgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Endigi muhim vazifa — oʻrim-yigʻimni gʻoyat qisqa fursatda uyushqoqlik bilan oʻtkazishdan iborat. Gazetadan
qisqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qisqa qilmoq
-
— Qiyomxoningiz qachon kelaman, dedi? — deb soʻradi mol doʻxtiri qisqa qilib. N. Aminov, Qahqaha
Aqli qisqa
-
Tili uzunning aqli qisqa. Maqol
-
— Sochi uzun, aqli qisqa, — deb xotinini yana jerkigandan keyin Sodiq davom etdi S. Ayniy, Qullar
Gapning qisqasi
-
Gapning qisqasini ayting. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Gapning qisqasi ancha sarson boʻldik. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Tili qisqa
Qisqa oʻylamoq
-
Yoshlikdan, qisqa oʻylaganlikdan u bechoralarni ancha tashvishga soldingiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qisqaroq oʻylaysiz, Otabek! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qoʻli qisqa
QISQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИСҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qisqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing