qisqar
bilan ulashing
1. Biror jihatdan (boʻyi, uzunligi, hajmi, miqdori va boshqalar) oʻlchami qisqa holga kelmoq.
-
Yoʻl qisqardi. Ish soati qisqardi. Xarajatlar ikki hissa qisqardi.
-
Sentyabrning oxirlari. Kunlar qisqarib, tunlar esa uzaya boshlaydi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Oʻrtadagi masofa tobora qisqarib bormoqda. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Gʻoʻza kamayib, paxta maydonlari qisqarib, chorva turli ofatlarga uchrab, yurtda ocharchilik va qahatchilik boshlandi. K. Yashin, Hamza
2. mat. Biror songa kasrsiz boʻlinmoq; shunday songa boʻlingandan keyin kichik sonlarda ifodalanmoq.
-
Beshga qisqarmaydigan sonlar. Bu kasr uchga qisqaradi.
QISQAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИСҚАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qisqar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar