sehrgar
bilan ulashing
1. Sehr bilan oʻzi yoki boshqalarni har xil qiyofaga kirituvchi; afsungar, jodugar (ertak va afsonalarda).
-
Chiroyli yigit qiyofasiga kirib olgan sehrgar Iblis, sevgilimni qoʻltiqlab ketayotganini koʻrib, yonib ketdim. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
U sehrgar bir dumalab, chumchuq qiyofasiga kirdi-da, pir etib uchib ketdi. Oltin beshik
2. koʻchma Maftun qilib, oʻziga bogʻlab oluvchi; fusunkor.
-
Sehrgar koʻzlar. Sehrgar qiz.
-
Radiodan dutor sadosi taralar, sehrgar kuy Temirjonning qalbiga kirib borar, uning yuzida maʼsum latofat uygʻotardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
SEHRGAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕҲРГАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sehrgar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar