sehr
bilan ulashing
1. Gʻayritabiiy kuchlar, sehrli afsun va duolar yordamida moʻjiza yaratuvchi harakat va duolar; afsun, jodu.
-
Devlar buni sezib, sehr bilan bitta tayoqni dutorga, qovun poʻchogʻini doiraga aylantirib, maftun qiluvchi kuy chalib, qoʻshiq ayta boshlabdilar. Oltin beshik
-
Oʻgʻlingizning bu ishi bejiz emas: margʻilonlik sehr qildimi, jodu qildimi, haytovur, siz shu yoʻsinda yura bersangiz, erta-indin oʻgʻildan ajralasiz. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Deydilarki, sening koʻzlaring Afsungarmish, sehr etarmish. R. Parfi, Koʻzlar
2. koʻchma Soʻz yoki xatti-harakatdan kelib chiqadigan maftunkorlik, fusunkorlik, joziba.
-
Kuy sehriga berilmoq.
-
Koʻp zahmat soʻngida anglab yetoldim Ustoz Alisherning buyuk sehrini. E. Vohidov
-
Alimardon oʻz ovozining sehri butun toʻyxonani rom etganini sezib, zavq bilan ashula ayta boshladi. Oʻ. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
SEHR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕҲР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sehr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar