sekin
bilan ulashing
1. 1 Ohista harakat bilan, asta, oshiqmasdan, shoshilmasdan.
-
Sekin yurmoq. Eshik sekin ochildi. Daryo sekin oqardi.
-
Raʼno sekin boshini koʻtarib kulumsidi va yuzini chetga oʻgirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qamalgan tutun juda sekin tarqalmoqda edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Bilinar-bilinmas, sezilar-sezilmas.
-
Sherigim meni sekin turtib imladi. Qabulxonaga chiqdik. A. Qahhor, Bek
-
[Fotimaning] Oʻgʻlining sochlariga teggan barmoqlari sekin qimirladi-yu, silashga ham jurʼat etolmay, toʻxtab qoldi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Atrofda tobora odam koʻpayib borar, birov unga uzoqdan taʼzim qilar, birov quyuqqina koʻrishar, notanish kishilar sekin kalla silkib qoʻyardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Ehtiyotkorlik bilan, asta-asta; ozor bermay, avaylab.
-
Yaraning lattasini sekin koʻchirmoq. Zirapchani sekin olib tashlamoq.
-
Talʼat piyolani sekingina stol burchagiga qoʻydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Vazminlik bilan, hovliqmasdan, ohista.
-
Sekin tushuntirmoq.
-
Agar men bir boyning oʻgʻli boʻlsam, Nuri meni sevsa, ota-onasiga aytmaganda ham, atrofdagilarga sekin bildirgan boʻlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Past tovush bilan; eshitilar-eshitilmas.
-
— Sekin! Sekin gapir! — Hakimboyvachcha labini tishladi, — xotinlar eshitsa, gap-soʻz chuvaladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Alimardon sekin uf tortib qoʻydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
6. Oz-ozdan, astalik bilan; kam-kamdan.
-
Ilojsiz qolgan dehqon bahoni sekin kamaytirib, yetti soʻmga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
SEKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sekin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar