tayyorla
bilan ulashing
1. Tayyor, muhayyo holga keltirmoq; taxt qilmoq; hozirlamoq.
-
Qishga oʻtin tayyorlamoq.
-
Gulnor hamma narsani zumda tayyorlab, dadasiga koʻrsatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Zavrak nonushta tayyorlab, u odam kutib oʻtirganini Meʼmorga xabar qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
otin buvilarga, eshon oyimlarga tahorat suvi tayyorlash kabi yumushlar Gulnorni Yoʻlchi oldiga asta-sekin yaqinlashuvga majbur qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ishlab yuzaga keltirmoq, hosil qilmoq, yetishtirmoq (qurmoq, pishirmoq, tikmoq, yasamoq va shu kabilar).
-
Unsin Yoʻlchi uchun oʻzi tayyorlagan yaxshi tagdoʻzi doʻppini kiydirdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Hozirgi paytda shifobaxsh oʻsimliklardan dori tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Gazetadan
-
U shu kuniyoq eni bir metr, boʻyi yarim metrli supa tayyorladi. Gazetadan. Chinnining anʼanaviy vazifasi idish-tovoqlar, meʼmorchilik detallari va boshqa buyumlar tayyorlashda qoʻllanishidan iboratdir. Gazetadan
3. Oʻqitib, oʻrgatib va boshqalar yoʻllar bilan biror ish-vazifa uchun tayyor qilmoq; yetishtirmoq.
-
Kadrlar tayyorlamoq. Imtihonga tayyorlamoq.
-
Tishchenko uni [Malohatni] birmuncha vaqt shofyorlar kursiga tayyorlabdi, oqibat kirgizib ham qoʻyibdi. A. Qahhor, Jonfigʻon
-
Oʻttiz bir yigit-qiz Olmazordagi mexanizatorlar tayyorlaydigan bilim yurtiga borib oʻqiymiz [dedi Aʼzam]. E. Raimov, Ajab qishloq
TAYYORLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЙЁРЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tayyorla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar