tayyor
bilan ulashing
1. Biror ishga shaylanib, hozirlanib turgan, shay, hozir.
-
Ular [soldatlar] miltiqlarini osmonga oʻqtalib, har dam otishga tayyor turardilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Biror narsa, ish uchun moyil, rozi holatli.
-
Meni qoʻya bering, osadimi, chopadimi — hammasiga tayyorman. K. Yashin, Hamza
-
Yoʻlchi shu choqda qancha aqchasi boʻlsa ham berishga tayyor edi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Anvarga mazkur oliy tabaqalarning har qaysisi ham oʻz qizini berib, kuyov qilishga tayyor! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Saltanat uchun qurbon boʻlishga ham tayyor Mirmuhsin, Meʼmor
3. Ishlatish, isteʼmol va shu kabilar uchun hozirlab qoʻyilgan.
-
Tayyor kiyimlar. Tayyor mahsulotlar.
-
Sutchoy tayyor boʻldi, suzib kiraymi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Gʻavvos tayyor aravalardan birini olib keldi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. so‘zlashuv tili Yukl. Kuchaytirish, taʼkid bildiradi (asosan, bolani ota yoki onaga qiyoslashda qoʻllanadi).
-
Kichik oʻgʻli tayyor ota-sining oʻzi boʻlibdi.
tayyor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tayyor qilmoq
-
Goʻsht, moy solish uchun togʻoralarni tozalab tayyor qilishni buyurdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uy egasi ajoyib tanti xotin, aytganingni tayyor qiladi. Shuhrat, Shinelli yillar
Tayyor oshga bakovul
TAYYOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЙЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tayyor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar