savol
bilan ulashing
1. Javob olish uchun aytiladigan gap, jumla; soʻroq.
-
[Vasila Nazarovna:] Sen mening savolimga javob ber, kim u? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
— Juda yaxshi savol! — dedi Ibrohimov, — qani, bu savolga kim javob beradi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Imtihon biletida yozib qoʻyilgan, javob berish lozim boʻlgan mavzular nomi yoki mashq, masala.
-
Ikkinchi qatorga borib oʻtirganidan keyin mashinkada yozilgan savollarni oʻqidi: 1. Joul-Leni, qonuni. 2. Rezonans. Uchinchi savol elektromagnit maydoni haqidagi masala edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Yechilishi lozim boʻlgan masala, muammo.
-
Bugungi yigʻilishimizda ikkita savolni hal qilishimiz lozim. Gazetadan
savol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Savol alomati
-
Savol alomati hamma vaqt mi dan keyin qoʻyiladi desam, kuladi. A. Qahhor, Adabiyot oʻqituvchisi
-
Yetti ogʻayni ham koʻkda nogahon Savol alomati boʻlib koʻringay. A. Oripov
SAVOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САВОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
savol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan SAVOL so‘ziga berilgan ma’nolar
savol so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar