dumbul
bilan ulashing
1. Donli ekinlar, mevalarning taʼm kirib qolgan, lekin hali yetilib pishmagan holati.
-
Hali dumbul shaftolilarning shoxlari yerda. Oybek, O.v.shabadalar.
-
Chol quroq dasturxon yozib, sopol taqsimchada dumbul oʻrikdan qoʻydi. T. Malik, Qadr
2. Hali qotmagan, sutmi-qatiq boʻlib qolgan (don haqida).
-
Dumbul joʻxori.
-
Bir tanobcha yerga joʻxori ekilsa, dumbul boʻlmasdan tamom boʻlar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nusratbek yoʻl chetidagi mayda bargli gullarning yaprogʻini titkilab oʻtayotganda, kungaboqar dumbulining hidi anqidi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Boshoqlar chaykalar, dumbulroq lekin, Dumbul boshoqlarda hali sut donlar Mirtemir, Asarlar
3. koʻchma Aqlsizroq, tentaknamo, devonasifat.
-
Dumbul odam
-
Xoʻp, bu odamning bugun koʻli uzun. Ertaga surobi toʻgʻri boʻlgach, bu dumbul erkatoy nima qiladi? Yoshlik
-
Yaramas, bizni haqorat qildi! Dumbulsan! dedi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. Hayot tajribasi boʻlmagan; xom, gʻoʻr.
-
— Oʻqishga hafsala qolmadimi? — Hafsala-ku bor-a, — dedi Xoldor nimalarnidir eslab, — ammo oʻylab qarasam, dumbul ekanman, pishgunimcha shoshirmang. I. Rahim, Zangori kema kapitani
-
Bu zamonning dumbul qizlari naridan-beri bir ish qilib qoʻyishadi-da, keyin oh urib, chapak chalib qolishadi. Mirmuhsin, Umid
-
Afsuski, ayrim nashriyot va redaksiyalarda gʻoyat masʼuliyatli ishlar chalamulla, dumbul muharrirlar koʻliga topshirib qoʻyilgan. Yoshlik
5. koʻchma Mazmunan pishiq-puxta emas; xom; qiyomiga yetmagan.
-
Dumbul asardan fazilat qidiradigan estetik noʻnoq tanqidchilar faoliyatiga chek qoʻyish lozim. Gazetadan
-
Shoirning Sevgi sirlari toʻplamida qiyomiga yetmagan, dumbul sheʼrlar uchrab turadi Gazetadan
DUMBUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУМБУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dumbul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar