dumba
bilan ulashing
1. Qoʻylarning ket tomonida son bilan bel oʻrtasida oʻsgan, asosan dumaloq shaklda koʻrinuvchi yogʻ qismi.
-
Semiz qoʻyning dumbasi katta, Semiz odamning — suhbati. Maqol
-
Yolgʻiz qoʻyni haydash nuqul azob. Boʻynidan surgayman —
-
yoʻq, dumbasiga arqon solib tortaman — yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Raʼno tomorqada dumbasi serkillagan, jingalak yungli qoʻzichoqlarga maysa yulib berayotgan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Qoʻy tanasining shunday qismidan chiqqan yogʻ.
-
Dumba toʻgʻramoq. Dumba eritmoq. Uzoqdagi dumbadan yaqindagi oʻpka yaxshi. Maqol
-
Qaynonaning maslahati bilan dokaga dumba oʻrab, chaqaloqqa soʻrdirishdi. Mirmuhsin, Jaholat panjasi
-
Mamat qassob ogʻrinibgina yarim kilodan oshiq dumbani taroziga tashladi. Yoshlik
3. Odam tanasining son bilan bel oʻrtasidagi yumshoq orqa qismi.
-
Kimdir skameykaga gazeta solib oʻtirgan ekan, dumbasining izi tushib qopti. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
DUMBA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУМБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dumba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar