soz
bilan ulashing
1. Yaxshi, tuzuk, durust, qulay.
-
Oz soʻz — soz soʻz. Maqol
-
Ish quroling soz boʻlsa, mashaqqating oz boʻlar. Maqol
-
Namangan boraman, sozdir havosi, Mevalari shirin, dardning davosi. S. Abdulla
-
Bu gulshan soz edi, soz ustiga soz etgali keldik. Qadrdonlarni shod aylab, sarafroz etgali keldik. Habibiy, Tanlangan asarlar
2. Oʻzaro yaxshi munosabat, muomala; hamjihatlik, inoqlik, ittifoqlik.
-
Qarindoshlar bilan sozingiz chiqmas emish. N Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
3. musiqa Sozlangan, sozi toʻgʻrilangan.
-
Dutor hali soz emas.
4. Musiqa asbobi torlarining yoki musiqa asboblarining oʻzaro mos tovush uygʻunligi.
-
Royalning sozi buzilibdi. Sozini toʻgʻrilamoq.
soz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soz tuproq
-
Agʻdarma mashinalar yoʻl ochilayotgan joyga soz tuproq tashib keltirmoqdalar. Gazetadan
Soz(i) kelmoq
-
[Ziyodulla:] Safar aka, bilasiz, bizning Tarlonning toʻrigʻingiz bilan sozi kelmaydi. Vaqtini topdimi, jiqqamusht boʻladi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Hangomasi soz kelmasmi, Har kimning tengquri boʻlsa. Oq olma, qizil olma
1. Milliy musiqa asboblarining (masalan, dutor, tanbur, gʻijjak) umumiy nomi.
-
Qirqida qoʻliga soz olgan qiyomatda qulogʻini burar. Maqol
-
Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib, soz ovozini bosib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bu simfoniya orasidan avtorning yakka sozda chalgan turli pardadagi ovozi yaqqol eshitilib turadi. OʻTA
2. Turkiya, Eron va Ozarbayjonda tarqalgan torli-tirnama musiqa asbobi.
3. Musiqa asbobining yoki xonandalarning ovozi, sadosi, navosi.
-
Yoʻrgʻalardi sozga bir goʻzal doʻndiq, Hamma eshitardi zavq bilan qoʻshiq. M. Alaviya
SOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
soz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar