muhabbat
bilan ulashing
1. Kimsaning kimsaga qalbdan berilish hissi; sevgi, ishq.
-
Muhabbat chiroy tanlamas, uyqu — oʻrin. Maqol
-
Qiz Yoʻlchini chuqur sevar, uning yolgʻiz ismini eshitish bilan yuragi toʻlqinlanar edi. Bu muhabbat qizning koʻngliga yoz chogʻi saraton quyoshi bilan birga kirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hammasi joyida, faqat oʻrtaydi Visolni qoʻmsagan otash muhabbat. G. Joʻrayeva, Iqbol
2. Birovga, biron narsa yoki ishga berilish, moyillik tuygʻusi, mehr.
-
Musiqaga muhabbat qoʻymoq. Sanʼatga boʻlgan muhabbat.
-
Polvonlarning biriga muhabbat, ikkinchisiga nafrat bilan qarab turgan xalq koʻzida, uning hayajonli yuzida ikki dunyo kurashi aks etgandek edi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
-
Otam boʻlmasangiz ham, meni otalik muhabbati bilan sevgan sodiq va mehribon kishimsiz, yaʼni maʼnaviy otam. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Muhabbat (xotin-qizlar ismi).
MUHABBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУҲАББАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muhabbat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar