muhit
bilan ulashing
1. Hayot, faoliyat kechadigan tabiiy yoki ijtimoiy sharoitlar majmui.
-
Geografik muhit. Ijtimoiy muhit.
-
Qishloq muhiti, ota-onaning oʻta oqkoʻngillik ruhida bergan tarbiyasi Yigitalining qon-qoniga singib ketgandi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Maktabni bitirgach, hammamiz har yoqqa tarqashib ketamiz. Keyin har kim oʻz muhitida oʻz ishi bilan ovora boʻlib ketadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Kasb-hunari, ishi, faoliyati va shu kabilarga koʻra bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan kishilar doirasi.
-
Men qozi domla va Asad qori kabi hurmatli zotlar muhitiga oʻzimni topshirib, daryodan ayrilib chiqqan ariqchaday, xalqimdan ayrilib chiqib, oxiri qurib qolishga mahkum boʻlgan ekanman. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Tabiiyki, ona uchun ham yolgʻiz farzand arzanda edi. Bu muhit Davronni havolantirib qoʻydi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
3. Hodisa, jarayon va shu kabilar kechadigan moddiy sharoit.
-
Yorugʻlikning turli muhitda turlicha sinishi.
MUHIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУҲИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muhit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar