muhokama
bilan ulashing
1. Biror xulosaga kelish uchun koʻpchilikning fikrini olish, fikrlashish, har tomonlama oʻylashish.
-
Masalani muhokamaga qoʻymoq. Arizani muhokama qilish.
-
Ibrohimov qayerga bormasin, shundan gap ochilib, har kim oʻz fikr-mulohazasini aytar, Oʻrmonjon aytmoqchi, masalani butun xalq muhokama qilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Fikr yuritish, mulohaza; fikr.
-
Muhokamasi yoʻq odam. Muhokama bilan ish qilmoq.
-
— Baʼzi yengil muhokamalaring onangnikidan qolishmaydir, Otabek!. — dedi [hoji]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bunday ishga benihoyat uquv, chapdastlik, xoʻsh, yana muhokama va mohirlik kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
muhokama soʻzi qatnashgan jumlalar:
Muhokama qilmoq (yoki etmoq)
-
qoʻriq ochish masalasi muhokama qilinganidayoq hammani boʻron bilan qoʻrqitmoqchi boʻlgan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Jurnalist sahifalarida adabiy janrlar, uslub, til, kasb etikasi masalalari har tomonlama muhokama etilmoqda. Gazetadan;
-
Xuddi Elmuroddek Zebo ham uyiga qaytib, oʻz xatti-harakatini, Elmurod bilan qilgan suhbatini muhokama qilardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Anvar, kechagi kunlarda hissiyotga qattiq berilib, kitob soʻratish oqibatini yaxshi muhokama etmaganidan pushaymon edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
MUHOKAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУҲОКАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muhokama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar