eshelon
bilan ulashing
1. harb. Maxsus yuk, texnika, artilleriya, tank va qoʻshinlar ortilgan poyezd yoki avtokolonna.
-
Harbiy eshelon,
-
Bizlar bir eshelon soldat, bepoyon dashtga tushib, sayozgina daryo boʻyida chodir tikib yotardik. O. Yoqubov, Izlayman
2. harb. Ketma-ket saf tortgan, birin-ketin jangga solinadigan qoʻshinlarning navbatdagi guruhi.
-
Birinchi eshelon,
-
Aviarazvedkaning maʼlumotiga qaraganda, dushman biz tarafga ikkinchi eshelonini burgan. Shuhrat, Shinelli yillar
3. Bir xil yuk ortilgan, bir maqsad bilan joʻnatilgan poyezd yoki avtomobillar qatori.
-
Paxta ortgan eshelonlar ketma-ket oʻtmoqda.
-
Stansiyadan telefon qilishdi. Eshelon kelibdi. Yuklarni ertadan qoldirmay tashib olmasak, shtrafga kirar emish. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
ESHELON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭШЕЛОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
eshelon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar